24—25 yanvar kunlari Toshkent viloyatining “G‘isht ko‘prik”, “Navoiy”, “Najimov” va “Yallama” chegara-bojxona komplekslarida favqulodda vaziyatlar vazirligi va bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan chegaradan o‘tayotgan fuqarolar o‘rtasida shaxsiy xavfsizlikka rioya qilish yuzasidan tushuntish ishlari olib borildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Fuqarolarga zaruriyat bo‘lganda FVVning (+99871) 147-10-50 tezkor raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi.
Tadbir davomida 2600 dan ortiq FVVning vizitkalari tarqatildi.
Qayd etilishicha, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tadbir respublika bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)