Yaqindagina O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda bugun — 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasida ma’lumot berildi.
Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti etib saylandi
Bunga qadar Ahmadjonov O‘FF prezidenti vazifasida ham ishlab kelayotgandi. Biroq bir vaqtning o‘zida ham MOQ, ham O‘FA prezidenti sifatida faoliyat olib borish oson bo‘lmasligi inobatga olindi va futbolga asosiy javobgar shaxs sifatida Ochilboy Ramatov namoyon bo‘ldi.Ramatov bunga qadar O‘zbekiston boks federatsiyasining muvaffaqiyatlariga ham xuddi shu taqlid hissa qo‘shib kelayotgandi. Boksda Ramatovga Sherzod Toshmatov yaqindan ko‘mak bergani kabi, futbol sohasida bu ishni Umid Ahmadjonov bajaradi. Hozirga qadar qilingan o‘zgarishlar esa o‘z yo‘lida davom etadi.
Izoh (0)