Gvatemala g‘arbida yo‘lovchi avtobusining jarga qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq yo‘lovchi jarohatlandi. Bu haqda 25-yanvar, payshanba kuni Prensa Libre gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Fojia haydovchi kuchli yomg‘irlardan so‘ng qirg‘og‘idan chiqqan tog‘ daryosini kesib o‘tishga uringanda yuz bergan. Suv oqimi avtobusni oqizib ketgan va u chuqurligi 40 metrga yaqin jarga qulagan.
Avtobus yo‘lovchilar tashish uchun Transport bosh boshqarmasining ruxsatnomasiga ega bo‘lmaganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)