Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kobulda Mozori Sharif – Hirot temir yo‘lining qurilishini muhokama qildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Qo‘chqorovning so‘zlariga qaraganda, loyihani baholash ishlari yakunlangan, ayni paytda uning O‘zbekiston tijorat banklari hamda Osiyo infrastruktur investitsiyalar banki tomonidan moliyalashtirilishi borasida muzokaralar bormoqda.
Temir yo‘l qurilishi Afg‘oniston va O‘zbekiston uchun, shuningdek, boshqa davlatlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihaning amalga oshirilishi Afg‘onistondan Xitoyga Andijon orqali uch kunda yetib olish imkonini beradi.
O‘z navbatida, Ashraf G‘ani mamlakatlar o‘rtasida infrastrukturalar bo‘yicha hamkorlikning kengayishi aholi turmush tarzini yaxshilash va mintaqani rivojlantirish imkoniyatini berishini ta’kidlab o‘tdi.
Loyiha qiymati 11,2 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Izoh (0)