AQShning Q-Stick kompaniyasi o‘lchami oddiy brelok bilan teng mitti kompyuterni yaratdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mini-gadjet Windows, Android yoki Linux operatsion tizimini 7 soniyadan kamroq vaqt mobaynida ishga tushirib, istalgan televizorni shaxsiy kompyuterga aylantirish imkonini beradi.
Kompyuter 8 gigabayt tezkor xotira, Bluetooth, WiFi, bir necha USB, shuningdek, xotira kartasi uchun slot bilan ta’minlangan.
Mazkur qurilmaning bazaviy versiyasi 129 dollar, Blaze Pro versiyasi esa 179 dollardan sotuvga chiqdi.
Izoh (0)