Rim papasi tarixda ilk bor ikki bort kuzatuvchisini samolyot bortida nikohdan o‘tkazdi. Marosim katolik cherkovi rahbarining Chilida shaharlar o‘rtasidagi parvozi davomida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi TJournal.
Reysda Rim papasi bilan bir nechta bort kuzatuvchisi, jumladan, er-xotin — Paula Podest va Karlos Chuffardi ishlayotgan edi. Ular Rim papasiga turmush qurganligi, biroq nikohdan o‘tishga ulgurmaganligini so‘zlab berdi. Marosim o‘tkazilishi lozim bo‘lgan cherkov 2010-yilgi zilzila vaqtida vayron bo‘lgan.
Bunga javoban Rim papasi ularni parvoz davomida nikohlashga tayyor ekanligini bildirdi. Samolyot bortida bo‘lgan aviakompaniya vakili guvoh sifatida qatnashdi va nikoh guvohnomasini tayyorladi. Uni katolik cherkovi rahbari imzoladi.
Izoh (0)