Yana bir necha daqiqalardan keyin futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 termasining Yaponiyaga qarshi bellashuvi start oladi. Bo‘lajak raqib haqida nimalarni bilamiz?
Bugun futbol. O‘zbekiston U23 Osiyo Chempionatining yarim finali uchun Yaponiyaga qarshi saf tortadi
“Championat.asia” nashri Yaponiya terma jamoasi haqida eng so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi. Quyida shular haqida.Yaponiya Osiyo Chempionatida U23 emas U21 terma jamoasi bilan qatnashmoqda.
Faqatgina Yaponiya termasi 1995 va 1996-yilda tug‘ilgan futbolchilardan foydalanayotgani yo‘q.
Yaponiya guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda jami 36 ta zarba berdi. Shulardan 15 tasi aniq chiqdi.
Yaponiya termasining to‘purari Ko Itakura hisoblanadi. U ikkita gol urishga erishdi. Butun O‘zbekiston terma jamoasi ham Osiyo Chempionatida 2 ta gol urdi.
Yaponiya U23 bosh murabbiyi Xajime Moriyasu 1992-yil futbolchi sifatida terma jamoa sharafini himoya qilib, Osiyo Kubogida g‘olib bo‘lgan.
Moriyasu 2013-yilda “Sanfrechche Xirosima” bosh murabbiyi sifatida Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan to‘qnash kelgan. Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi doirasidagi o‘yinda Mirjalol Qosimov shogirdlarining qo‘li baland kelgan.
Yaponiya ushbu musobaqadagi uchta o‘yinni ham Jiangyin shahrida o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan chorak final ham aynan mana shu shaharda bo‘lib o‘tadi.
Yaponiya futbolchilari bu musobaqada faqat ikki marta ogohlantirish oldi.
Yaponiya oldingi ikkita U23 Osiyo chempionatida ishtirok etgan. 2014-yilgi musobaqada “samuraylar” chorak finalda Iroqqa yutqazgandi. Yakunda Iroq musobaqa chempioni bo‘lgan. 2016-yilgi musobaqada esa Yaponiya barcha o‘yinlarda g‘olib bo‘lib, chempionlikni rasmiylashtirgan.
Yaponiya dekabr oyida Tailandda o‘tgan M—150 musobaqasining finalida O‘zbekistonga penaltilar seriyasida yutqazgandi.
Izoh (0)