AdMe Shimoliy Koreyada tug‘ilgan insonning hayot tarzi qay yo‘sinda davom etishi mumkinligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Birinchidan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ijtimoiy mavqega ega bo‘ladi. Shu orqali davlat chaqaloqni aholining “sodiq”, “ikkilanuvchi” yoki “dushman” qatlamiga kiritadi. Sonbunlik otadan bolaga o‘tadi va u katta bo‘lganida qaysi universitetda o‘qishni hamda Mehnat partiyasiga a’zo bo‘la olishi mumkinligini tanlay oladi.
Ta’lim bog‘chadan boshladi. 4 yoshidan boshlab “shimollik”lar ota-onasining ixtiyoriga ko‘ra bog‘chaga borishi mumkin, 5 yoshidan esa majburiy ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qiydi. 1-sinfga borishni istagan har bir bolakay bog‘chaga borishi shart.
Mehribonlik uylarida ota-onasi bor bolalar yashaydi. Bunga sabab yosh ota-onalar o‘z farzandini moddiy jihatdan yaxshi ta’minlay olmasligida.
Maktabda mamlakat yetakchilarining tarjimayi holi va rus tili darslari o‘tiladi. Shuningdek, alohida darslar Kim Ir Sen, Kim Chen Ir va Kim Chen Inning inqilobiy faoliyatiga ham bag‘ishlangan. Rus tilidan tashqari ingliz tili ham o‘rgatiladi, biroq xorij o‘quv qo‘llanmalaridan voz kechilganligi sabab uning darajasi juda past.
Bolalarni ommaviy qatl marosimlarini tomosha qilishga olib borishadi. Bu ular uchun normal tajriba va Shimoliy Koreya fuqarosi uchun muhim hisoblanadi.
Og‘ir bolalar mehnati. Maktab o‘quvchilari hosilni yig‘ib olish, daraxtlarni chopish, tog‘ jinslarini tashish va hatto qurilish ishlarida ishtirok etadi.
Harbiy o‘yinchoqlar juda ko‘p. Albatta, qo‘g‘irchoq va quyoncha kabi o‘yinchoqlar ham sotiladi, biroq tank, vertolyot va avtomatlar ko‘proq xarid qilinadi. Bu yosh bolalarda vatanparvarlikni rivojlanishiga hissa qo‘shadi, deya hisoblaydi koreyaliklar.
Bolalar bo‘sh vaqtini o‘zlari qiziqqan to‘garakda o‘tkazadi. Masalan, Pxenyan markazida kompyuter savodxonligi, musiqa va tasviriy san’atdan dars beradigan maktab bolalari saroyi mavjud.
Izoh (0)