AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Rossiya KXDRga qarshi barcha sanksiyalarni qo‘llamayotganligini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ular barcha sanksiyalarni qo‘llamayotgani bizga ravshan. Ular ba’zi sanksiyalarni yo‘qqa chiqarishi mumkinligining ba’zi dalillari bor”, — deydi Tillerson.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya, birinchi navbatda, yoqilg‘i yetkazish bo‘yicha sanksiyalarga rioya etmayapti, biroq bu boshqa sohalarga ham tarqalmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya KXDRga xalqaro sanksiyalarni “chetlab o‘tishga” yordam berayotganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)