O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi fondiga 100 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy komissar Zayd Ra’d al-Husaynning boshqarma budjetiga ixtiyoriy badal to‘lovini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqidagi murojaatini qabul qildi.
Oliy komissar Zayd Ra’d al-Husayn 2017-yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgandi.
Sentabrda mamlakatga Oliy komissarning mintaqaviy idorasi boshqarmasi rahbari Rishard Komenda tashrif buyurdi. Oktabr oyida esa BMT inson huquqlari bo‘yicha Kengashining din va e’tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmed Shahid O‘zbekiston bo‘ylab safar qildi.
Izoh (0)