Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev mamlakatning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan, ko‘plab o‘zbekistonliklarning o‘limiga olib kelgan fojia munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya bildirdi. Telegramma matni Oq O‘rda rasmiy saytida keltirildi.
“O‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishni chuqur his etib, Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘zimning nomimdan halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘rayman. Jabrlanganlar tezroq tuzalib ketishi va oilasining davrasiga qaytishini tilab qolaman”, — deyiladi maktubda.
Oldinroq Nursulton Nazarboyev topshirig‘iga ko‘ra fojia sabablarini o‘rganish yuzasidan maxsus hukumat komissiyasi tuzilgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)