Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonga mintaqaga yana rahbarlik qilishni, o‘z vazifasini videoaloqa yordamida bajarishni taklif qilishdi. Tegishli taklifni Kataloniyaning Junts per Catalunya (JxCat) va ERC partiyalari ilgari surdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Puchdemon 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda mintaqa rahbarligiga qaytadan saylanishi kutilmoqda. Ammo u Ispaniyada qidiruvga berilgani bois mamlakatga kela olmaydi.
Buning yechimi o‘laroq mintaqani Skype orqali boshqarish taklif etilmoqda.
Tashabbus bilan chiqqan ikki partiya mintaqaviy parlamentda 66 va 135 deputatlik o‘rniga ega.
Izoh (0)