AQSh prezidenti Donald Tramp senator Richard Derbinning u Gaiti, Salvador va Afrika mamlakatlarini “jirkanch mamlakatlar” deb ataganligi haqidagi bayonotini rad qildi. Bu haqda Tramp Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Senator Diki Derbin DACA (muhojirlarning farzandlari uchun kechiktirilgan deportatsiya dasturi) bo‘yicha yig‘ilishda aytilgan gaplarni butunlay noto‘g‘ri talqin qilgan. Ishonch bo‘lmasa shartnomalarni imzolab bo‘lmaydi!” — deya ta’kidladi Tramp.
Avvalroq Derbin Tramp bir qator mamlakatlarga nisbatan qo‘pol fikr bildirganligini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)