Sayyorada yadro quroli paydo bo‘lgandan buyon dunyo KXDRning hozirgi tahdidi kabi jiddiy tahdidga duch kelmagan. Mazkur pozitsiyani Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson The Guardian gazetasiga bergan intervyusida bayon qildi, deb yozadi “TASS”.
“Unda yuzaga kelayotgan (KXDR yetakchisi Kim Chen Inda) yadro quroli bilan jihozlangan qit’alararo ballistik raketani uchirish imkoniyati — bu dunyo atom asri boshidan buyon bilmagan tahdid”, — dedi Britaniya TIV rahbari.
Uning fikricha, dunyo hamjamiyatidan o‘zini ajratib qo‘ygan davlat yadroviy shantajga qodirligi va yadroviy vayronkorlik imkoniyatiga ega bo‘lishining real ehtimoli mavjud.
“Bu aynan biz ko‘z yuma olmaydigan holat, deb o‘ylayman”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)