Meksikaning Verakrus shtatida noma’lum kimsalar to‘qqiz kishini o‘ldirdi va ularning jasadlarini Xalapa shahri ko‘chalaridan birida tashlab ketilgan mikroavtobusda qoldirdi. Bu haqda 13-yanvar, shanba kuni Televisa telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mashinada jasadlardan tashqari hudud jamoat xavfsizligi rahbariyatiga tahdid qilingan maktub ham topilgan. Odamlarni kim o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumot oshkor etilmagan. Rasmiylar halok bo‘lganlar shaxsini aniqlashga kirishdi.
Meksika janubi-sharqida joylashgan Verakrus oxirgi yillarda mamlakatning eng xavfli hududlaridan biriga aylandi. Shtatda 2016-yilning dekabridan 2017-yilning oktabriga qadar 1,5 mingdan ortiq qasddan sodir etilgan qotillik qayd etilgan.
Izoh (0)