Amerika qo‘mondonligi Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi sog‘lomlashtirish muhitini og‘irlashtirishga qaratilgan choralar ko‘rmoqda va butun Koreya xalqi “AQShning jirkanch botini va tajovuzkor mazmunini anglab yetishi kerak”. Mazkur izoh 13-yanvar, shanba kuni Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan chop etildi, deb yozadi “TASS”.
Unda, jumladan, AQShning Koreya yarimoroliga Ronald Reagan va Carl Vinson aviatashuvchilarini yuborish borasida rasmiy e’lon qilinmagan rejalari borligi ta’kidlanadi. Xabarda o‘tmishda har safar Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanish belgilari kuzatilganda AQSh “bunga to‘sqinlik qilish uchun xusumat bilan g‘azab sochgan”ligi bildiriladi.
Shu munosabat bilan agentlikning ta’kidlashicha, butun Koreya xalqi “AQShning jirkanch botini va tajovuzkor mazmunini” anglab yetishi va mintaqada Amerika harbiy guruhlari sonini oshirishga urinishlarga qarshi chiqishi kerak.
Izoh (0)