Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi ayrim obyektlarga tashrifi doirasida shaharni obodonlashtirish borasida ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jumladan, u Chirchiq shahrida 15 ta 9 qavatli uy, 10 ta bog‘cha, supermarket, Chirchiq daryosi bo‘yida sayilgoh, shuningdek, shaharni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidenti shahardagi “O‘zkimyomash” aksiyadorlik jamiyatiga tashrifi doirasida Chirchiq shahrini shaharsozlik normalari asosida qayta qurish loyihasi bilan tanishgan edi. Loyihalarda shahar markaziy istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, “Chirchiq” daryosi bo‘yida zamonaviy sayilgoh qurish, Chirchiq davlat pedagogika hamda jismoniy tarbiya institutlarini zamonaviy o‘quv maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot bor.

Bundan tashqari, “Chirchiq markaziy dehqon bozori” MChJ rekonstruksiya qilish loyihasiga ko‘ra, yangi tipdagi zamonaviy bozor tashkil qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda