Navoiyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashining 2017-yil faoliyati yakunlari hamda 2018-yildagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Viloyatdagi 303 fuqarolar yig‘inida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari – yoshlar masalalari hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga saylovlar o‘tkazildi.
186 mingdan ortiq oilaga kirilib, yaqindan muloqot o‘tkazilgani natijasida 1 ming 264 oiladagi turli nizo, 450 dan ziyod ajrim, 80 dan ortiq erta nikohning oldi olindi.
2017-yilda 210 nafar nogironga nogironlik aravachasi berilib, 45 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki fuqaroga arzon uy-joylar sotib olishi uchun boshlang‘ich badal to‘lab berildi.
O‘tgan yili viloyatda 52 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Barcha fuqarolar yig‘inlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan “Hamkorlik tizimi” yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Xatirchi, Karmana, Tomdi va Qiziltepa tumanlari kengashlarining 5 nafar mas’ul xodimi ogohlantirildi.
Izoh (0)