7-yanvar, yakshanba kuni pravoslav mazhabidagi o‘zbekistonliklar Rojdestvo Xristovo (Isoning tug‘ilishi bayrami)ni nishonladi. Bu bayram bilan ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrikladi, deb yozadi Uzbekistan Today.
O‘zbekiston Prezidenti Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari Vikentiyni va butun pravoslav mazhabidagilarni Rojdestvo bilan qutladi.
Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari Vikentiy 6 dan 7-yanvarga o‘tar kechasi Uspeniye Presvyatoy Bogoroditsi kafedral soborida ilohiy ibodatni amalga oshirdi.
Izoh (0)