Londonning “Arsenal” klubi sensatsion ravishda Angliya Kubogining 1/16 finaliga yo‘l ola bilmadi.
1/32 final bosqichida Arsen Venger jamoasi “Nottingem Forest” mehmoni bo‘lib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvda mezbonlar ikki bor penaltini aniq bajardi. Shuningdek, hakam “Nottingem Forest” futbolchisini maydondan chetlatdi.
Poytaxtning boshqa bir klubi “Tottenhem” esa Harri Keynning dubli sabab navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. “Vest Hem” esa “Chelsi” va “Lester” qatorida yana 1 tadan o‘yinda maydonga tushadigan bo‘ldi.
Angliya Kubogi 1/32 final 7-yanvar, yakshanba
“Shrusberi Taun” — “Vest Hem” 0:0
“Tottenhem” — “Uimbldon” 3:0
Gollar: Harri Keyn, 63 (1:0). Harri Keyn, 65 (2:0). Yan Vertongen, 71 (3:0).“Nottingem Forest” — “Arsenal” 4:2
Gollar: Erik Lixay, 20 (1:0). Per Mertezaker, 23 (1:1). Erik Lixay, 44 (2:1). Ben Brereton, 64-pen (3:1). Denni Uelbek, 79 (3:2). Kiran Dovell, 85-pen (4:2).Chetlatish: Jo Uorroll, 84 (N).8-yanvar, dushanba“Brayton” — “Kristal Pelas” 00:45
Izoh (0)