Yaponiyada 5-yanvar, juma kuni yaqinlashayotgan kuchli zilzila haqida xabardor qilish favqulodda tizimi yanglish ishga tushdi, deb yozadi “TASS”.
Tizim yaqin daqiqalarda yetti magnitudadan ortiq yer silkinishi yuz berishi kerak bo‘lganda ishga tushadi.
Biroq magnituda atigi 3,9 bo‘ldi, zilzilalarni bashorat qilish va umummilliy ogoh qilish tizimida nosozlik yuz bergan ko‘rinadi.
Tizim 2011-yilning 11-martidagi fojiadan so‘ng ishga tushirilgan edi. O‘shanda Yaponiya shimoli-sharqiy sohilida 9,0 magnitudali yer silkinishi yuz bergan edi.
Ogohlantirish davomida Yaponiyaning barcha aholisi mobil qurilmalari, ovozsiz rejimda bo‘lsa ham, keskin yoqimsiz ovoz chiqara boshlaydi. Yaponiya shaharlari ko‘chalarida joylashgan ovoz kuchaytirgichlar ham zilzila haqida xabardor qilib, kishilarni o‘zini panaga olishga chaqira boshlaydi.
Izoh (0)