• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mashinada qolsak, o‘lishimiz aniq edi”. Yangi yil arafasida Qamchiqda yuzlab odamlarning hayoti saqlab qolindi

    Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi, buning oqibatida yo‘lning vaqtincha yopilishi avval ham ko‘p bora kuzatilgan. Biroq 26-dekabr kungi holat ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ayniqsa ko‘p yoritildi, vaziyat yuzasidan har doimgidan ham ko‘proq axborot berilib, u faol muhokama qilindi.

    Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

    Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

    Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, kuchli shamol bilan birga kuzatilgan qor bo‘roni oqibatida dovon yo‘li sanoqli soatlar ichida qalin qor bilan qoplangan, o‘nlab avtomobillar qor ostida qolib ketgan, odamlar o‘z avtomobillaridan eson-omon chiqib olish uchun qutqaruvchilarning yordamidan foydalanishga majbur bo‘lgan. Bu gap-so‘zlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi 27-dekabr kuni to‘liq tasdiqladi.

    Rasmiy axborotga ko‘ra, 70 dan ziyod fuqaro doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga, 1800 ga yaqin kishi 45 ta umumiy ovqatlanish maskanlariga joylashtirilgan (ulardan 29 nafari bolalar edi), issiq choy va ovqat bilan ta’minlangan. Kamida 25 nafar haydovchi va yo‘lovchiga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, 44 ta avtotransport vositasi qor uyumidan chiqarib olingan, ulardan 6 tasi evakuator bilan ustaxonaga yetkazilgan.

    Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

    Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

    Vazirlik keltirgan bu raqamlar bir qarashda oddiy statistikadek ko‘rinadi, biroq bevosita hodisa ichida bo‘lib, kuchli xavotirda qolgan vatandoshlarning guvohliklari voqeaga jon bag‘ishlaydi, bu shunchaki hisobot raqamlar emas, balki yuzlab odamlar hayoti bilan bog‘liq keng ko‘lamli qutqaruv operatsiyasi bo‘lganini anglatadi.

    Bunaqasini tug‘ilganimdan beri ko‘rmaganman. Faraz qiling — 23:15 da buloqdan 200 metr pastda qolib ketdik. Oldimizda tirbandlik. Ikki soat o‘sha yerda turdik — kuchli shamol bo‘lib, mashinani tomigacha qor qopladi. Eshikdan tushishning hech iloji yo‘q, “Ey, Xudo, o‘zing asra”, deb ovoz chiqarib so‘radik.

    Bir vaqt Favqulodda vaziyatlar vazirligining yigitlari kelib: “Aka, anavi yerda issiq joy bor, ammo 300 metrcha yurish kerak. Nima bo‘lsa ham o‘zimdan, ertaga shikoyat qilmayman, desangiz, ertalab olib ketamiz”, — deyishdi. Ammo nafas olib bo‘lmayotgandi, o‘pka kasallanishi mumkinligini aytishdi. Mashina yurmaydi, qolsak, o‘lishimiz aniq. Tavakkal — o‘sha yerga yetib bormasak bo‘lmaydi.

    Yo‘lda Mamajon aka lop etib yo‘qolib qoldi. “Hoy Abdulaziz, meni tashlab ketmanglar, olib ketinglar”, deb baqirardilar. Bo‘y barobar qor tagiga kirib ketibdi. Yurmang degan joyidan yurib, haligi joyda qor ostiga kirib ketibdi. Qordan chiqarib oldik. Ichkariga, issiqqa kirganimizdan keyin nafas yo‘lini davolash uchun to‘rt tomchidan dori ichirishdi. Haqiqatan ham nafas olib bo‘lmayotgandi, bir metr nari ko‘rinmayotgan edi.

    Foto: FVV axborot xizmati

    Foto: FVV axborot xizmati

    Eni 2 metrlik issiq xonaga joylashtirishdi. Bizdan tashqari yana bir necha o‘n kishi bor edi. Oramizda bir kelinchak ham bor edi — bolasining yuzlari ko‘karib ketgan. Qutqaruvchilar orasida yaxshi shifokori bor ekan, darrov ukolini qildi. Kelinchak: “Qilmang!”, deganiga qaramay, shifokor: “Qoch! Bolang 2 soatda yo o‘ladi, yo qoladi”, deb baribir ukol qildi. Bolaning ko‘karishi tarqab, onasini emishni boshladi.

    Soat tong 5:00 larda FVVning yigitlari bir o‘rta yoshli ayolni ikki kilometr masofadan yelkada ko‘tarib kelishdi. Yigitlar haqiqiy halol ishladi...

    Uxlab qolibmiz. Soat 9:00 da tursak, havo ochilib, shamollar to‘xtagan ekan. Tashqarida -17 daraja sovuq ekanini aytishdi. “O‘tirib turing, yo‘l ochilsa, o‘zimiz aytamiz. Soat 11:00 larda ochilishi mumkin, ammo aniqmas”, deb aytishdi. “Mashinamizning oldiga borib turamiz”, desak, ruxsat berishdi.

    27-dekabrga o‘tar kechasi Qamchiq dovonida qolib ketgan fuqaro hikoyasi

    26-dekabr kuni qalin qor bilan qoplangan dovon yo‘li 27-dekabr kuni soat 17:20 da ochilgan edi. Shundan keyin dovonning yopilishi bilan bog‘liq e’tiborga molik xabarlar kuzatilmadi.

    Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

    Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havonining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yo‘lning muzlashi to‘g‘risida “O‘zgidromet”dan oldindan ma’lumot olinib, ijtimoiy tarmoqlar va dovondagi tablolar orqali axborot berilmoqda, shuningdek, Qamchiqdagi avtoturargohlarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

    04.01.2018, 11:33   Izoh (0)   175823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘qondagi markaziy bozor chorrahasida piyodalar ko‘prigi ishga tushdi

    04.01.2018, 11:15

    Protein qanday iste’mol qilinadi?

    04.01.2018, 10:58

    Jizzaxdagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykallari 2 oy o‘tmasdan nuray boshladi (foto)

    04.01.2018, 10:26

    Chet mamlakatlarda O‘zbekiston turizm elchilari paydo bo‘ladi

    04.01.2018, 09:49

    O‘zbekistonda pnevmatik to‘pponcha uchun ruxsatnoma kerakmi?

    04.01.2018, 09:38

    Shavkat Mirziyoyev Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    04.01.2018, 08:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda avtomobil sotuvi rekord darajada ko‘paydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:55

    O‘zbekiston—Hindiston savdo aylanmasi hajmi yetti oyda 60 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:51

    O‘zbekiston boks terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha tengsiz bo‘ldi

    Sport | 12 avgust, 17:50

    Jeff Bezos kriptovalyuta evaziga sayyohlarni kosmosga uchiradi

    Dunyo | 12 avgust, 17:45

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.