Qo‘qon shahrining markaziy buyum bozori chorrahasidagi piyodalar ko‘prigi ishga tushdi, deb yozadi “Carzone.uz”. Ko‘prik qurilishi 3 yilga yaqin davom etdi.
Piyodalar ko‘prigi shahar markaziy buyum bozorining o‘ta serqatnov chorrahasida bino etilgan. Chorraha azaldan piyodalar bilan gavjum, xususan, yaqin-yaqingacha chakana savdo bozori tomonidan ko‘chani ko‘p sonli piyodalar oqimi tartibsizlik bilan kesib o‘tar edi.
Yangi piyodalar ko‘prigi yaltiroq panjarali, tomi ko‘k rangda, zinalari temir taxtalardan ishlangan. U chorrahaning uchta tomonini (chakana savdo bozori, ulgurji savdo bozori va oziq-ovqat bozori) birlashtiradi.
Qurilish uzoq vaqtga cho‘zilib ketgani o‘tgan yilning avgust oyida xalqaro Press-klubda tilga olingan va viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev 2018-yilda u foydalanishga topshirilishini aytgan edi.
Izoh (0)