Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yil dekabr oyi uchun O‘zbekiston Respublikasining iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi haqida hisobot berdi. Ma’lumotlar idora saytida keltirildi.
Dekabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 2,7 foizga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 4,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 foizga va xizmatlar 0,8 foizga ko‘tarildi. Hisobot davrida asosiy inflyatsion omil oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi bo‘ldi (ta’sir ulushi — 70,2 foiz).
Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 4,4 foizga qimmatlashib, iste’mol narxrlari indeksi (INI) umumiy o’sishini 1,9 foiz darajasida ta’minladi.
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi bilan bir qatorda, ayrim mahsulotlarning narxlari arzonlashganligi kuzatildi. Jumladan, sabzi 15,9 foizga, karam 5,9 foizga, mosh 4,7 foizga va parranda go‘shti mahsulotlari narxlari 4,5 foizga arzonlagan.
Nooziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 1,8 foizga qimmatlashdi, bu, o‘z navbatida, umumiy INIning 0,6 foiz foiz darajasida o‘sishiga olib keldi.
Aholi uchun pullik xizmatlar sohasi dekabr oyida 0,8 foizga qimmatlashdi. Bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,2 foiz foiz darajasida ta’sir qildi.
Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida huquqiy xususiyatga ega xizmatlar va bank xizmati tariflari 15,0 foizga, maishiy xizmatlar 1,6 foizga, ta’lim xizmatlari 1,2 foizga va tibbiyot xizmatlari 1,1 foizga qimmatlashdi.
Izoh (0)