Tver shahrida ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan choyshabdan yasalgan arqon yordamida tushishga uringan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, 1-yanvar kuni o‘z kvartirasida bo‘lgan erkak choyshab va sochiqlar yordamida arqon hosil qilib, ko‘chaga uyning tashqi devori bo‘ylab tushishga uringan. Tushish davomida u pastga qulagan va bir muddatdan so‘ng olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan.
Tverigrad nashrining ta’kidlashicha, halok bo‘lgan erkak — 37 yoshli ishsiz bo‘lib, bir necha haftadan buyon alkogol ichimliklar iste’mol qilgan. Uning rafiqasi erining alkogol ichimliklar olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni uyda qamab qo‘ygan.
Halok bo‘lgan erkak rafiqasining ma’lum qilishicha, uning eri avval ham yasama arqonda tushishga uringan.
Izoh (0)