Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj 1-yanvar kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida qo‘shiqchi M.I.A. ning “Paper Planes” qo‘shig‘iga havola qilgan holda g‘alati yozuv qoldirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Twitter foydalanuvchilari Assanjning xabari qanday ma’no anglatishini topishga urinmoqda. Ba’zilar WikiLeaks asoschisining akkauntiga hujum uyushtirilganini taxmin qilmoqda. Xabarga ko‘ra, bu taxmin haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin, chunki 2017-yilning 25-dekabrida Assanjning profili yo‘qolib qolgan.

 

Ko‘pchilik qo‘shiq matnidan javob izlashga harakat qilgan. Foydalanuvchilarning fikricha, yozuv Assanj va uning manbalari yangi ma’lumot topganini va uni tez orada e’lon qilishni bildiradi.

Boshqa foydalanuvchilar Assanjning maxsus xizmatlar tomonidan qo‘lga olinib, AQShga olib ketilayotganini taxmin qilgan. Shuningdek, Assanjning vafot etgani va kod WikiLeaks’da yangi ma’lumotlarni faollashtirishi haqida ham taxmin qilingan.

Julian Assanj 2012-yildan buyon Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda. U ta’qiblardan qochib, mazkur elchixonadan siyosiy boshpana olgan. Assanj AQShda maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)