O‘zbekistonlik olti nafar referi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida ishlaydi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FF Ravshan Haydarov oldiga chempionlik vazifasini qo‘ydi. Osiyo Chempionati 10 kundan so‘ng start oladi
OFK taklifiga ko‘ra, Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Jahongir Saidov hamda Abduhamidullo Rasulov Xitoydagi qit’a chempionatiga tashrif buyuradi. Shuningdek, FIFA instruktori sifatida Farhod Abdullayev ham Chin o‘lkasiga yetib keladi.Osiyo Chempionati 9-yanvar kuni start oladi. Unda O‘zbekiston sharafini Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa himoya qiladi. Ular o‘z guruhida Qatar, Ummon va mezbon Xitoy bilan raqobat hosil qiladi.
Izoh (0)