“Manchester Yunayted” futbolchisi Markus Reshford 2017-yilning o‘zida jami 61 ta o‘yinda maydonga tushdi va Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

Foto: Google Images

Reshford deyarli har 6 kunda maydonga tushgan. Bu holat uning dam olish uchun imkoniyati deyarli yo‘qligidan darak beradi. Joze Mourinyo Reshforddan deyarli barcha musobaqalarda maksimal darajada foydalanishga harakat qildi. Shuningdek, Reshford Angliya termasi yig‘inlarida ham ishtirok etishga ulgurdi.

Bu borada ikkinchi ko‘rsatkich Fransiyaning “Marsel” klubi a’zosi Jermenga tegishli — 60 ta o‘yin. “Manchester Siti”ning joriy mavsumdagi xaridi Bernardu Silvada esa ko‘rsatkich 59 tani tashkil qildi.

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala 58 ta o‘yinda ishtirok etgan. “Barselona” a’zolari Lionel Messi hamda Ivan Rakitichda, shuningdek, “Atletiko” a’zosi Saulda o‘yinlar soni 57 tani tashkil qildi.