O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy o‘quv muassasalariga soliq imtiyozlari taqdim etilmoqda. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, xorijiy oliy o‘quv yurtlari o‘zlarining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ta’lim faoliyatidan 2023-yilning 1-yanvariga qadar soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning barcha turlaridan ozod qilinadi.
Shuningdek, universitetlar xorijiy ishchilarning mehnatiga haq to‘lash qismidan yagona ijtimoiy to‘lov hamda jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq ham to‘lamasligi qarorda ko‘zda tutib o‘tilgan.