Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev “Muruvvat” uyida kata bayram dasturxoni tashkil etdi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.
Bu yerda yashab, davolanib kelayotgan 450 nafar 1 va 2-guruh nogironligi bor shaxslarga bayram sovg‘alari ulashildi.
Bayram dasturxoni atrofida yig‘ilganlarga tinchligimiz bardavom bo‘lishi, muruvvat uyida yashab davolanayotganlar sog‘ayib ketishi tilab qolindi.
Ushbu tadbir tuman bosh imom-xatibi tomonidan homiylar ko‘magida o‘tgan yil dekabr oyining o‘zida “Muruvvat” uyiga qilingan uchinchi xayriya yordami bo‘lib, ko‘rsatilgan moddiy ko‘mak miqdori qariyb 100 million so‘mni tashkil etdi.