AQShning Kolorado shtatidagi otishmada politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yana 6 kishi yaralandi. Ular 4 nafar politsiya xodimi va ikki fuqaro ekanligi bildirilmoqda.
Politsiyachilar uydagi zo‘ravonlik haqidagi xabardan so‘ng manzilga yetib kelganida u yerdagi erkak ularga qarata o‘t ochdi. U javob o‘ti bilan o‘ldirildi.
9News telekanaliga ko‘ra, politsiya hodisa hududi yaqinidagi aholidan uylaridan chiqmaslikni so‘ragan.