AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishining sabablariga izoh berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Ijtimoiy medialardan ular menga yoqqani uchun emas, balki bu hozirda ko‘pincha feyk OAV deb atalayotgan o‘ta nohalol va adolatsiz ‘matbuot’ga qarshi kurashning yagona usuli ekanligi sababli foydalanaman. Mavjud bo‘lmagan ‘manbalar’ avvalgiga qaraganda ko‘proq qo‘llanmoqda”, — degan yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)