• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov yangi reglament borasidagi “Daryo” savollariga javob qaytardi

    Yangi yil arafasida O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning “Gazeta.uz” nashri bilan suhbati e’lon qilindi. Unda bir qator keskin fikrlar aytilganidan kelib chiqib, tashkilot tartibni birinchi o‘ringa qo‘yayotganini tushunish mumkin edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda 4+1 ko‘rinishidagi legionerlar limiti amalda bo‘ladi. Endi xorijiy darvozabonga ham ruxsat bor

    Biroq bunga qadar e’lon qilingan ba’zi qarorlar futbol jamoatchiligi tomonidan tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilgandi. Umid Ahmadjonov “Daryo” nashri bilan shu kabi masalalar yuzasidan suhbat qurdi.

    — Umid Mahamatjonovich, bundan avvalgi intervyuda ko‘p masalalar ochiqlangani uchun, aylantirib o‘tirmay, kerakli savollarni beramiz. Super Ligada 12 ta jamoa qoladi deyilgach, format uch marta o‘zgardi. Avvaliga 33 ta tur, keyin 38 ta tur deyildi. Eng so‘ngida esa 32 ta turlik format afzal bilindi. Buni qanday tushunish kerak?

    — Aytaylik, biror tashkilot hali xom bo‘lgan rejasini ko‘r-ko‘rona himoya qilish uchungina yaxshi takliflarni rad qilaverishi to‘g‘rimi? Men unday deb o‘ylamayman. Siz aytayotgan yo‘nalishlar jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yildi va biz unga bo‘lgan munosabatlarni o‘rganib chiqish bilan mashg‘ul bo‘ldik. Yakunda esa eng muqobil variantda to‘xtalib, uni reglamentga kiritdik. Bunda asosiy masala qo‘nimsizlik emas, O‘FF rahbariyati futbol jamoatchiligining fikrini o‘rganib chiqib, asosli takliflarni inobatga olganida bo‘lishi kerak. Biz faqatgina mutaxassislar fikri bilan cheklanmay, oqilona fikr yuritadigan futbol muxlislaridan tortib, jurnalistlar bergan takliflarga qadar o‘rgandik hamda yakuniy qarorni e’lon qildik.

    — Bu yaxshiku-ya, biroq qaysi 12 ta klub Super Ligada to‘p surishini qachon oshkor qilmoqchisizlar? Axir jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi kerak...

    — Nafaqat o‘sha 12 ta, balki qolgan klublar ham birdek tayyorgarlik ko‘raversin. Chunki biz faqatgina Super Liganing emas, Pro-Liganing ham saviyasini ko‘tarmoqchimiz. Xuddiki, biz nomini e’lon qilgan 12 ta klubdan boshqa hamma qo‘llarini siltab, mavsumga qo‘l uchida tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘lmaganidek.

    Biz qaysi 12 ta klubni olib qolsak ekan deb bosh qotirayotganimiz yo‘q. Bu haqda jamoalarning o‘zi o‘ylasin. Biz Super Liga klublari qanday talablarga javob berishi kerakligi borasida yo‘riqnoma yozib qo‘ydik. Endi jamoalar shu talablarga javob berish uchun urunib ko‘rishsin. Eplay olgan 12 tasini olib qolamiz. Chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunlagan-u, ammo talabga javob bermagan klub ham Pro-Ligaga tushib ketaveradi.

    Bu shuni bildiradiki, o‘tgan chempionat davomidagi raqobatdan ko‘ra ko‘proq, klublar o‘z infrotuzilmasini rivojlantirish borasida o‘zaro jiddiy raqobat olib boradi. Kimgadir yuqori divizion kerak bo‘lsa marhamat, buning uchun nimalar qilinishi kerakligi aniq belgilab qo‘yilgan.

    O‘zbekiston Super Ligasining reglamenti tasdiqlandi. Endi zo‘rlar ichida zo‘r bo‘lgan klubga chempionlik nasib qiladi

    — Reglamentda stadionning yoritish uskunalari, zamonaviy chim va shunga o‘xshash detallar ko‘rsatilgan. Biroq 3—4 ta stadionni aytmasa, qolganlarida bunday sharoit yo‘q.

    — Agar yo‘q deb o‘tirsak, bundan keyin ham o‘tiraveramiz. Talabga javob bermaganlarni jazolasak, oldinga siljish bo‘ladi. To‘g‘ri, biz hamma o‘ziga kelib olishi uchun 2—3 yil vaqt berishimiz mumkin edi. Biroq men aniq bilamanki, bunda bemalol 2 yilni yo‘qotamiz. Chunki klublar hammasi taqalganida, eng oxirgi yilda harakatni boshlab qoladi. Agar biz talabni hozirdanoq qo‘ysak, ular ham hozirdan otni qamchilaydi. Mayli, bir-ikki klub muxlislari hafa bo‘lsin, vaqti kelib buning mohiyatini tushunib yetadi.

    — Vadim Abramov masalasida hammasi tushunarli. Uning faoliyatida qoidalarga to‘g‘ri kelmaydigan nimadir bo‘lgan. Lekin jazolashni nega aynan undan boshlaganinglar qiziq...

    — Shunchaki kimdir birinchi bo‘lishi kerak edi. Biz hammasini Abramovdan boshlash kerak demadik, shunga to‘g‘ri kelib qoldi. Tarixida siz aytgandek biror nojo‘ya jihati bor yana bir qator mutaxassislarni Abramovning taqdiri kutib turibdi. Bu borada ishimiz hali tugamadi, endi boshlandi.

    — Yoshini kichiklashtirgan futbolchilar masalasida nima deya olasiz. Ular bilan ham shunchaki xayrlashiladimi?

    — Biz o‘zimizning vakolat bo‘yicha jazolaymiz. Ya’ni, biz faqatgina futboldan chetlata olamiz. Siz nazarda tutayotgan jarayonlar bizning vakolatga kirmaydi. Shuning uchun ham, ishni Adliya vazirligiga topshirdik. Ular masalani yaxshilab o‘rganib chiqadi va o‘z vakolati bo‘yicha ish ko‘radi. Eng yaxshisi shu. Muhimi, bundan keyin o‘zbek futbolida bu kabi illatning bo‘lmasligi.

    — Terma jamoa 2018-yil ikki jiddiy raqib bilan o‘ynaydi: Eron va Marokash. Biroq bosh murabbiyning o‘zi qani? Yana qancha kutish kerak?

    — Biz shunchaki ikki raqib jamoa nomini aniq qildik. Yana 2 ta jiddiy o‘yin pishay-pishay deb qoldi. Aniq bo‘lsa, alohida xabar beramiz. Yevropaning eng nomdor termalaridan birini Toshkentga olib kelish ustida ish ketyapti. Bu o‘yin mahalliy futbol muxlislaridan hech kimning e’tiboridan chetda qolmaydi.

    Murabbiy masalasida esa umuman shoshilmadik. Bu qiyin jarayon. Ba’zida nomdor murabbiyni olib kelasiz, katta pul berasiz. Lekin baribir natija ko‘rsata olmaydi, pulini olib, qaytib ketaveradi. Biz hozir nafaqat tajribali va o‘z imzosiga ega murabbiyni, shu bilan birga narxi ham bizni qanoatlantiradigan, biz qo‘ygan talablarga javob bera oladigan insonni topishimiz kerak. O‘ylashimcha, bunga oz qoldi.

    — Bizning vazifamiz, o‘zimiz bilganimizcha kamchiliklarni ko‘rsatib berish. Endi biz siz aytayotgan ishlarning nazorati qanday kechayotganini kuzatib boramiz. Umid qilamizki, qonun-qoidadan tashqariga chiqqanlarni muqarrar jazo kutadi.

    — So‘zsiz! Shusiz ishni tartibga solib bo‘lmaydi. Bunda jurnalistlarning o‘rni katta bo‘ladi. Agar mamlakat klublari o‘zimiz istayotgandek ko‘rinishga tezroq kelib olsa, chempionatning saviyasi sezilarli ravishda oshishi kerak. Bu esa o‘z navbatida milliy terma jamoani kuchaytiradi deb umid qilamiz.

    30.12.2017, 10:39   Izoh (0)   22432
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sochi tog‘larida snoubordchi halok bo‘ldi

    18.12.2017, 23:44

    Namanganda Odil Ahmedovning homiyligida qurilgan mini-stadion foydalanishga topshirildi

    09.12.2017, 22:06

    Video: “Bunyodkor” stadioni oldidagi minglab muxlislar

    04.12.2017, 15:18

    Iqboljon Xoldorov va Isroil Madrimov Rossiyada o‘tayotgan “Neft mamlakatlari kubogi” finalida raqiblariga imkoniyatni boy berdi

    26.11.2017, 16:20

    Hasanboy Do‘smatov yangi vazn toifasida ham chempionga aylandi

    26.11.2017, 15:46

    Ravshan Ermatov hakamlik qilgan o‘yinda “Urava Red” OChL chempioniga aylandi (video)

    26.11.2017, 12:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.