Tehron politsiyasi islom ko‘rsatmalariga muvofiq kiyinmagan ayollar bundan keyin hibsga olinmasligini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Politsiya qo‘mondonligi qaroriga ko‘ra, kiyinishda islom ko‘rsatmalariga rioya etmaganlar endi qamoqqa olinmaydi. Ular politsiya tomonidan tashkil etiladigan maxsus mashg‘ulotlarga jalb etiladi”, — dedi general Husayn Rahimiy.
Shu bilan birga, bu boradagi tartiblarni ko‘p bor buzganlarni javobgarlikka tortish davom etadi. Shuningdek, Tehrondan tashqarida ham avvalgi siyosat saqlanib qoladi.
Izoh (0)