Saudiya Arabistoni shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlaridagi Jahon Chempionatiga mezbonlik qilishni boshladi, deb yozdi “Olamsport” nashri.
Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik ikki grossmeyster — Rustam Qosimjonov hamda Gulruhbegim Tohirjonova ishtirok etmoqda. King Salman World Rapid and Blitz Chess nomini olgan yirik musobaqada ulardan tashqari 55 mamlakatning yana 200 grossmeysteri dona suradi.
Turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxmatchilarga umumiy hisobda 2 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi. Bu mazkur sport turi uchun qo‘yilgan eng katta mukofot sifatida tarixga kirdi. Unga ko‘ra, erkaklar turnirida zafar quchgan grossmeyster 1 250 000 dollarni o‘ziniki qiladi. Ayol grossmeyster esa 750 000 AQSh dollariga ega chiqadi.
Rustam Qosimovjonov 17-jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan g‘olib chiqishga erishgandi. Endilikda o‘zbekistonlik eng oldi grossmeyster katta yutuqni o‘ziniki qilib olish uchun shaxmatning bugungi kundagi eng oldi vakillariga qarshi dona suradi.
Izoh (0)