Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyaxu BMTda Isroil uchun ovoz beradigan mamlakatlarga yordam fondini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iland nashri ma’lum qildi, deb yozadi ForumDaily.
Dastur shartli ravishda “Ellikka ellik” deb nomlandi. U Isroil o‘z budjetidan 50 million dollar ajratishini ko‘zda tutadi. Isroildagi o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirish niyatini bildirgan har bir mamlakat bu summadan million dollar oladi.
Yordam albatta moliyaviy bo‘lishi shart emas. Isroil qishloq xo‘jalik texnologiyalari bilan bo‘lishishi, fuqarolik infratuzilmalarini qurishda yordam ko‘rsatishi va yuqori texnologiyalar sohasidagi yutuqlarini taqdim etishi mumkin.
Mazkur dastur asosan Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlariga yo‘naltirilgan.
Isroil TIV allaqachon jamg‘armani tashkil etish ustida ish olib bormoqda, hukumat rahbari esa 2019-yil budjetiga qo‘shimcha moliyalashtirish kiritish haqida topshiriq berdi.
Izoh (0)