Amerika yetakchisi yana bir marta AQSh Iroq va Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq va Suriyada IShID terrorchilik guruhi jangarilari soni 35 mingdan ming kishigacha qisqargani haqidagi xabarni o‘z prezidentligi bilan bog‘ladi.
“20-yanvar — Tramp inauguratsiyasi kuni — IShIDning 35 mingga yaqin jangarisi Suriya va Iroqning 17,5 ming kvadrat mil (45 ming kvadrat kilometrga yaqin) hududini egallab turgan edi. 21-dekabr holatiga AQSh harbiy tizimi 1 900 kvadrat milga (taxminan 5 ming kvadrat kilometr) yaqin hududni nazorat qilayotgan ming nafarga yaqin jangarini qayd etdi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)