27-dekabr kuni Peterburgning Kondratyevskiy prospektidagi supermarketda yuz bergan portlashda oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi jabrlandi. Ulardan sakkiz nafari shifoxonada. Bu haqda 28-dekabr kuni ijtimoiy masalalar bo‘yicha vitse-gubernator Anna Mityanina ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq o‘n kishi jabrlanganligi haqida ma’lum qilingan edi.
“28-dekabr kuni Moskva vaqti bo‘yicha 08:00 da Kondratyevskiy prospektidagi ‘Perekryostok’ do‘konida yuz bergan portlashda jabrlanganlarning umumiy soni — 13 kishi. Ulardan besh nafari shifoxonaga yotqizilishdan bosh tortgan. O‘rtacha og‘ir ahvoldagi besh nafar, qoniqarli ahvoldagi uch nafar jabrlanuvchi shifoxonada”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)