Kecha — 26-dekabr kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchilari uchun ziyofat tashkil qilindi. “Ezidyor” restoranidagi tantana 2017-yilgi mavsumdagi “oltin dubl”ni nishonlash uchun edi.
“Lokomotiv” qatorasiga ikki bor “oltin dubl” qayd etdi. Ya’ni, ham O‘zbekiston chempionatida, ham mamlakat kubogida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Oliy Ligadagi g‘oliblik ikki marta takrorlandi. “Temiryo‘lchilar” O‘zbekiston Kubogida uch bor zafar quchishning uddasidan chiqa olgan.
Rahbariyat bu yutuqni munosib rag‘batlantirdi va jamoa uchun 21 ta Gentra avtomobillarini sovg‘a sifatida topshirdi. Bu mashinalar futbolchilar va murabbiylarga bo‘lib berilgan.
Bir yil avval ham “Lokomotiv” rahbariyati o‘z futbolchilarini xuddi shunday avtomashinalar bilan siylagandi.
Izoh (0)