Bekobodning “Metallurg” klubidan iste’foga chiqarilgan Rustam Mirsodiqov Oliy Liganing 15 ta klubidan birini eng uzoq vaqt davomida boshqarib kelayotgandi. Bu haqdagi statistika “Championat.asia” saytida ko‘rinish bergan.
2008-yilning 1-yanvar kuni jamoani qabul qilib olgan Rustam Mirsodiqov faoliyatining 3646-kunida ishdan olindi.
Bekobodning “Metallurg” futbol klubini 9 yildan buyon boshqarib kelayotgan Rustam Mirsodiqov iste’foga chiqdi
Eng qisqa muddat ishlayotgan murabbiy esa Igor Shkvirindir. “Olmaliq”dagi uzoq yillik faoliyatidan keyin jamoadan chetlashtirilgan murabbiy, Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida 143 kundan buyon mehnat qilib kelmoqda.Quyidagi jadvalda Oliy Liganing 14 ta futbol klubi keltirib o‘tilgan. Toshkentning “Obod” jamoasi chempionatdan chetlashtirilgani uchun, u inobatga olinmagan. Mazkur klublar bosh murabbiylari qanchadan buyon faoliyat olib borayotganini ro‘yxatdan bilib olish mumkin.
- Aleksandr Xomyakov — “Mash’al” — 1 946 kun (27-avgust, 2012)
- Ro‘ziqul Berdiyev — “Nasaf” — 1 862 kun (19-noyabr, 2012)
- Hamid Aktamov — “Qizilqum” — 1 628 kun (11-iyul, 2013)
- Andrey Miklyayev — “Lokomotiv” — 724 kun (1-yanvar, 2016)
- No‘mon Hasanov — “Qo‘qon-1912” — 562 kun (11-iyun, 2016)
- Ilhom Mo‘minjonov — “Navbahor” — 414 kun (6-noyabr, 2016)
- Viktor Kumikov — “Olmaliq” — 374 kun (16-dekabr, 2016)
- Ulug‘bek Baqoyev — “Buxoro” — 333 kun (26-yanvar, 2017)
- Oleg Tyulkin — “Dinamo” — 306 kun (22-fevral, 2017)
- Mirjalol Qosimov — “Bunyodkor” — 234 kun (5-may, 2017)
- Vadim Abramov — “Neftchi” — 203 kun (5-iyun, 2017)
- Shota Arveladze — “Paxtakor” — 183 kun (22-iyun, 2017)
- Gennadiy Kochnev — “Sho‘rtan” — 177 kun (1-iyul, 2017)
- Igor Shkvirin — “So‘g‘diyona” — 143 kun (4-avgust, 2017)
Izoh (0)