“Metallurg” klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Bu haqdagi xabarni klub matbuot xizmatiga tayanib, “Championat.asia” nashri berdi.

Foto: Championat.asia

O‘FF hakamlardan keyin murabbiylarga yetib keldi va Vadim Abramovni futboldan noma’lum muddatga chetlatdi

Mutaxassis iste’fo bergan vaqtda “Metallurg” futbolchilari Chirchiq shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Navbatdagi mashg‘ulot oldidan yig‘ilish chaqirilgan hamda Mirsodiqovning o‘zi klub bilan xayrlashgani haqida aytgan.

Jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislar nomidan “Metallurg” matbuot xizmati Rustam Mirsodiqovga bir necha yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan. Rustam Mirsodiqov “Metallurg” futbol klubida 2008-yilning 1-yanvaridan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

2015-yilning 25-sentabr kuni “Metallurg” klubi Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Ammo bekobodliklar so‘nggi 10 daqiqa ichida 3 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Mazkur o‘yinni O‘FF sport prinsiplariga zid deb topib, Rustam Mirsodiqovning litsenziyasini mavsum so‘ngiga qadar olib qo‘ygandi.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning litsenziyasini qaytarib oldi

Keyiroq O‘FF qoshidagi kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Ahrol Inoyatov, nohalol o‘yinlarni aniqlovchi ekspertlar guruhidan Samvel Babayan, Igor Shkvirin hamda Rustam Mirsodiqov chetlatilgani haqida aytib o‘tgandi.

Ahrol Inoyatov: Kelishilgan o‘yinlarni aniqlash guruhida Babayan va Shkvirin bor, Mirsodiqov chetlatilgan