AQSh prezidenti Donald Tramp raketaga qarshi mudofaa tizimiga 4 millard dollar ajratish qaroriga imzo chekdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
“Bu juda muhim. Bundan tashqari yana 700 million dollar boshqa harbiy qurilmalar uchun ham ajratiladi”, — dedi Tramp qonunni imzolash bo‘yicha Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda.
Ta’kidlanishicha, hujjat 2018-yilning 19-yanvariga qadar federal ehtiyojlar uchun mablag‘ ajratishni ko‘zda tutuvchi hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorga ilova sifatida imzolangan.
Izoh (0)