AQSh Moliya vazirligi sobiq Ittifoq respublikalaridan bo‘lgan 10 nafar shaxsni qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: AFP

Sanksiyalar joriy etilganlar orasida Zaxariy Kalashov, Vasiliy Xristoforov, Qamchibek Kolbayev, Lasha Shushanashvili, Vladislav Leontyev, Yuriy Pichugin, Vladimir Tyurin, G‘ofur Rahimov, Olimon Toxtaxunov va Ruben Tatulyan bor. Ularning barchasi “yirik transmilliy jinoiy operatsiyalarda ishtirok etish”da gumon qilinmoqda.

Qora ro‘yxatga kiritilganlarning AQShdagi moliyaviy aktivlari muzlatiladi, mamlakat fuqarolariga esa ular bilan biznes yuritish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar joriy etgandi.