“O‘zbekenergo” AJ 2011–2017-yillarda elektr energiyasi yetkazilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha Qozog‘istonning KEGOC kompaniyasiga 143 million dollar to‘ladi va asosiy qarzdorligidan qutuldi. Bu haqda “Kazinform” agentligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika tizimlari parallel va barqaror ishlashi maqsadida tegishli kelishuvlar imzolangan edi. Shu bilan birga, oxirgi bir necha yil davomida O‘zbekiston tomonidan ayrim qarzdorlik to‘planib qolgan edi.
KEGOC AJ mazkur masala yuzasidan oldinroq ham bayonot berib, qarzdorlikni bartaraf qilish bo‘yicha ishlar olib borayotganini bildirgan edi. Endilikda O‘zbekiston kerakli miqdordagi mablag‘ni Qozog‘iston tomoniga o‘tkazib bergani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)