Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston IIV, Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati, ichki ishlar organlari quyi tizim xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik A.Mirzayev so‘zga chiqdi va bir qator ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirdi.
Tadbirdan so‘ng viloyat IIB xodimlari Termiz shahri va Denov tumanlarida kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurdi va xonadon egalariga O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)