Ispaniya La Ligasining 16-turiga kelib Madridning “Atletiko” klubi “Valensiya”dan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
“Real” klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ketma-ket ikki marta zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi
Madridlik futbolchilar Fernando Torresning yagona goli evaziga “Alaves”ni taslim qildi. Qishki transfer oynasida Diyego Kosta “Atletiko”da rasman ro‘yxatga olinishidan kelib chiqib, Torres klubdan ketishi borasida gap-so‘zlar chiqayotgandi. Ispaniyalik futbolchi bu kabi fikrlarga mazkur turda munosib javob bera oldi.Aynan shu goldan keyin mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirayotgan “Atletiko” va nihoyat “Valensiya”dan ilgarilab keta boshladi. Mavsumni yaxshi boshlagan Marselino boshqaruvidagi valensiyaliklar so‘nggi uch turda ikki bor mag‘lub bo‘ldi. Endi “Atletiko” ulardan 2 ochko ilgarilab ketgan.
“Real” klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati sabab 16-turda ishtirok eta olmaydi. Uning “Leganes”ga qarshi o‘yini shu bilan fevralda o‘tkaziladi. “Barselona” esa bugun o‘z maydonida “Deportivo”ni qabul qiladi.
Ispaniya La Ligasi 16-tur bellashuvlari 16-dekabr, shanba
“Sevilya” — “Levante” 0:0
“Atletik” — “Real Sosyedad” 0:0
“Eybar” — “Valensiya” 2:1
Gollar: Takasi Inui, 49 (1:0). Santi Mina, 57 (1:1). Xoan Xordan, 87 (2:1).“Atletiko” — “Alaves” 1:0
Gol: Fernando Torres, 74 (1:0).17-dekabr, yakshanba“Jirona” — “Xetafe” 16:00“Selta” — “Vilyarreal” 20:15“Las-Palmas” — “Espanyol” 22:30“Barselona” — “Deportivo” 00:45
18-dekabr, dushanba“Malaga” — “Betis” 01:00
Izoh (0)