O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2018-yilda 15 kunlik konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Mansur Agaliyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida 2018-yil 10—24-mart kunlari “Sen va men uchun” deb nomlangan konsert datsturini taqdim etadi. Qo‘shiqlar har doimgidek 100 foiz jonli ijroda kuylanadi.Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2017-yilning 9—23-aprel kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Ey, aziz inson” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan edi.Konsertga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan, 15 ga yaqin qo‘shiq ham tayyor. Yaqin bir hafta ichida “Istiqlol” san’at saroyida tayyorgarlikni boshlaymiz.
Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri
Izoh (0)