Terrorchilik guruhlari tomonidan ommaviy qirg‘in qurollarining qo‘llanishi xavfi ancha jiddiy va AQSh ichki xavfsizlik vazirligi ularga qarshi kurashish uchun maxsus departament tashkil etdi. Bu haqda 13-dekabr, chorshanba kuni AQSh ichki xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Eleyn Dyuk ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Hozir eng katta tahdid nodavlat tuzilmalar tomonidan yuzaga kelmoqda, — deya ta’kidlaydi u. — IShID terrorchilik guruhi Suriya va Iroqda zaharlovchi moddalarni qo‘lbola usulda yaratishga qodirligini namoyish qildi”. U kompyuter tarmoqlaridan to‘yinuvchi xonaki ekstremizm jiddiy xavotir uyg‘otishini qo‘shimcha qildi.
“Odamlar terrorizm targ‘iboti ta’siridan himoyalangan bo‘lishiga erishishni istaymiz”, — deya ta’kidladi Dyuk.
Markaziy razvedka boshqarmasi, FQB, Qirg‘oq mudofaasi va boshqa boshqarmalar bilan yaqin aloqada bo‘luvchi yangi tashkilotning vazifalaridan biri ommaviy qirg‘in qurollari AQSh qirg‘oqlariga yetib kelmasdan turib, tahdidlarni aniqlash uchun eng ilg‘or texnologiyani qo‘llashdan iboratdir.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)