2017-yil yanvar—noyabr oylarida Rossiyadan kapital olib chiqilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 marotaba ko‘paydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mamlakat markaziy bankiga ko‘ra, 11 oy mobaynida Rossiyadan 28 milliard dollar olib chiqildi. O‘tgan yilning shu davrida mazkur summa 8,2 milliard dollar bo‘lgandi.
Noyabr oyining o‘zida bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Markaziy bank oldinroq 2017-yil yakunlari bo‘yicha Rossiyadan kapital olib chiqilishi 19 milliard dollar atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi.
Izoh (0)