AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyada Rossiya bilan mojarolarni oldini olish aloqa kanallaridan foydalanishni davom ettirish niyatida. Bu haqda koalitsiya matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz koalitsiya operatsiyalari chog‘ida Rossiya bilan mojarolarni oldini olish yo‘nalishida ishlashda davom etamiz. Bu IShIDni tor-mor etish bo‘yicha maqsadimizga erishish uchun zarur”, — ma’lum qildi koalitsiya matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)